Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

«Nasaf» 2023 yilda «Kelme» brendidan foydalanadi

«Nasaf» 2023 yilda «Kelme» brendidan foydalanadi

«Nasaf» klubi Ispaniyaning «Kelme» sport brendi vakillari bilan muzokara olib bordi va o‘zaro hamkorlikka erishdi.

Unga ko‘ra, joriy mavsumdan boshlab «Nasaf» «Kelme» brendidan foydalanishni boshlaydi.

«Kuni-kecha jamoamiz «Kelme» liboslarini qabul qilib oldi. Yuqoridagi rasmlarda jamoamizning yangi uy va safar liboslarini ko‘rishingiz mumkin», - deyiladi klub xabarida.

Ma’lumot uchun, Qarshi klubi ushbu libosidagi mavsumdagi dastlabki rasmiy o‘yinini 19 fevral kuni o‘tkazadi. Shu kuni «Nasaf» OCHL 1/8 finali doirasida Saudiya Arabistonining «Ash-Shabob» klubiga qarshi Qatarda o‘yin o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, klub 2022 yilda Adidas brendi liboslaridan foydalangan edi.

Kiritildi: 21:56 23.01.2023. O'qildi: 2686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!