Milliy aeronavtika va koinot agentligi – NASA o‘tgan yilgi «Artemida-I» (“Artemis I”) oy missiyasi natijalarini sarhisob qildi. Agentlikning ta’kidlashicha, natijalar barcha kutganidan yaxshiroq bo‘ldi: «Orion» kosmik kemasi Yerga zarar yetkazmasdan qaytdi va barcha muhim ko‘rsatkichlar butun parvoz davomida normal bo‘lib qoldi. Shu bois, agentlik insonlarni Oyga jo‘natishni nazarda tutuvchi ikkinchi bosqichga tayyorgarlikni allaqachon boshlab yuborgan. Bu haqda «IFLScience» nashri xabar berdi.
Artemida II” (Artemis II) taxminiy ravishda 2024 yilning noyabriga rejalashtirilmoqda. Missiya doirasida odamlar bor kema Oy atrofida bir necha marta aylanib, Yerga qaytadi. To‘rtta astronavtdan iborat ekipaj tarkibi shu yil oxirida e’lon qilinadi.
Ekipaj qachon oyga uchishini intiqlik bilan kutamiz. Artemida I missiyasi davomida o‘rganganlarimiz asosida hozir bizni hech narsa to‘xtatib turmaydi", - deya ta’kidladi Jim Free Milliy Aeronavtika va Koinot Boshqarmasi (NASA) rahbari yordamchisi.
Agentlik, shuningdek, 2025 yilga mo‘ljallangan uchinchi bosqichni rejalashtirmoqda. Bu odamlarning Yer sun’iy yo‘ldoshiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘nishni o‘z ichiga oladi, Bu 50 yildan ortiq vaqt ichida birinchisi hisoblanadi.
Artemis I NASAning Kosmik Uchirish tizimi (SLS) megaroketasi va Orion kosmik kemasi uchun birinchi sinov parvozi edi. Qurilma koinotda 25 kundan ortiq vaqt o‘tkazdi, Oy atrofida ikki marta aylanib chiqdi, shundan so‘ng u Tinch okeaniga muvaffaqiyatli qaytib tushdi.
Artemida I missiyasi Orionning sinov parvozi edi. Birinchi bosqich doirasida bortda manekenlar bor edi.