Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Narpay tumani bo‘limlari tomonidan IIB bilan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, tumandagi “Zirabuloq” MFYda yashovchi fuqaro U.I. o‘z uyida yashirin sex tashkil qilib, turli alkogol mahsulotlarini "QARATAW" nomli alkogol mahsulotining bo‘sh shishalariga quyib, ushbu brend ostida qo‘lbola usulda tayyorlangan alkogol mahsulotlarini “Mirbozor” dehqon bozori atrofida muomalaga kiritib kelganligi aniqlanib, ushbu xonadondan umumiy qiymati 215,5 mln so‘mlik 8 555 dona turli xil nomdagi alkogol mahsulotlari, 1 455 dona aksiz markalar va asbob uskunalar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.