O‘zbekistonda yil sayin iqtisodiyot hajmi va iqtisodiy faollik oshib borayotgani tufayli naqd va naqdsiz to‘lovlar miqdori ham oshmoqda.
Xususan 2026 yilning 1 choragida to‘lovlar umumiy hajmi 316 trln so‘mni tashkil qilgan. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan 35%, 2024 yilga nisbatan esa 70% ko‘p.
Quvonarlisi, to‘lovlar umumiy miqdori bilan bir vaqtda naqdsiz to‘lovlarning nisbiy ulushi ham o‘smoqda. Xususan 2024 yilning birinchi choragida naqdsiz to‘lovlar 40%ni tashkil qilgan bo‘lsa, bu yil 47%ga yetgan.