Bugun 15 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Namoyishlarda qurbonlar soni bir necha yuz kishidan oshmaydi

Namoyishlarda qurbonlar soni bir necha yuz kishidan oshmaydi

Eron tashqi ishlar vaziri namoyishlarda qurbon bo‘lganlar soni bir necha yuz kishidan oshmasligini ma’lum qildi.

Abbos Aroqchining so‘zlariga ko‘ra, ayrimlar Erondagi namoyishlar qurbonlari sonini ataylab oshirib ko‘rsatishga urinmoqda, biroq keltirilayotgan raqamlar haqiqatga mos kelmaydi.

Vazir vafot etganlarning aniq soni yaqin vaqt ichida, ehtimol bugun kechqurun e’lon qilinishini bildirdi. U, shuningdek, tarqatilayotgan raqamlarni dezinformasiya kampaniyasining bir qismi sifatida baholadi.

Associated Press nashrining yozishicha, Eron­da hukumatga qarshi namoyishlarni kuch bilan bostirish oqibatida kamida 2 571 kishi halok bo‘lgan, ularning 2 403 nafari namoyishlar ishtirokchilari, 147 nafari esa hukumatga aloqador shaxslar bo‘lgan. Shuningdek, 18 100 dan ortiq kishi hibsga olingan.

Kiritildi: Bugun 15:39. O'qildi: 582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!