2021 yil 15 iyun kuni tuman IIB TBda to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, Yangiqo‘rg‘on tumanida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, tumandagi maktabning 10-sinf o‘quvchisi, 2005 yilda tug‘ilgan, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1998 yilda tug‘ilgan va Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, tumandagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi, 2004 yilda tug‘ilgan fuqarolar oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruh bo‘lib, shu yil 15 iyun kuniga o‘tar kechasi, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi hovlisiga devor oshish yo‘li bilan kirib, daraxtga bog‘lab qo‘ygan narxi 15.000.000 so‘mlik ikki bosh mollarini o‘g‘irlab ketganliklari aniqlangan.
Shuningdek, ular o‘zlarining jinoiy harakatlarini davom ettirib, shu kunga o‘tar kechasi, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1979 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi hovlisiga devor oshish yo‘li bilan kirib, molxonasida bo‘lgan narxi 15.000.000 so‘mlik ikki bosh mollarini o‘g‘irlab ketganliklari aniqlangan.
Bundan tashqari, ular o‘zlarining jinoiy harakatlarini takroran davom ettirib, shu kunga o‘tar kechasi, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan fuqaroni yashash uyi hovlisiga devor oshish yo‘li bilan kirib, molxonasida bo‘lgan narxi 20.000.000 so‘mlik ikki bosh mollarini o‘g‘irlab ketganliklari aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 15 iyun kuni O‘z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.