Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Namanganlik haydovchi Surxondaryoda piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan opa-ukani urib yubordi

Namanganlik haydovchi Surxondaryoda piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan opa-ukani urib yubordi

27 oktyabr kuni soat taxminan 18:00 lar chamasi Namangan shahrida yashovchi fuqaro o‘zining "Lasetti"si bilan Surxondaryo viloyati Termiz tumanidagi piyodalar o‘tish yo‘lidan harakatlanayotgan opa-ukani turtib ketadi. 

Natijada 2015 yilda tug‘ilgan bola ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay shifoxonada vafot etadi. 

Haydovchi ushbu holatni ichki ishlar organlari xodimlarga bolakaylarni ko‘rmay qolganligi bilan izohladi. Vaholangki, hodisa sodir bo‘lgan joyda piyodalar o‘tish yo‘lagi borligini ko‘rsatuvchi zarur belgilar o‘rnatilgan bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu yo‘l transport hosidasini sodir etgan haydovchiga nisbatan Termiz tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 

Kiritildi: 18:35 30.10.2020. O'qildi: 2658 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!