Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Namangandagi "Zapravka"da navbatda turgan otaxon to‘satdan vafot etdi

Namangandagi "Zapravka"da navbatda turgan otaxon to‘satdan vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan shahrida joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchalarining birida yoshi katta fuqaro vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga Bosh prokuratura Axborot xizmati rahbari Xayot Shamsutdinov oydinlik kiritdi.

«Namangan shahar Davlatobod tuman IIO FMB navbatchilik qismining 2021 yil 10 yanvar kuni soat 01:30 larda bergan xabariga ko‘ra, ushbu kuni Kosonsoy tuman, «Obod» MFY, Xo‘jaqo‘rg‘oncha ko‘chasi 71-uyda yashagan I.Jumanov o‘ziga tegishli bo‘lgan «Jiguli» rusumli davlat raqami 50 Y 262 GA bo‘lgan avtomashinasiga metan gaz yoqilg‘isini quyish uchun Namangan shahar, Yuksalish MFY hududida joylashgan «Namangan suyuqgaz» MCHJ gaz quyish shaxobchasiga kelib, avtomashinasini surib harakatlantirib kelayotgan vaqtida to‘satdan asfalt yo‘lakka chap yuz sohasi bilan yiqilib urilishi natijasida chap yuz sohasi va bosh miya chap sohasidan olgan tan jarohati natijasida hodisa joyida vafot etgan. 

Dastlabki tibbiy ma’lumotnomada marhum I.Jumanov tez yordam bo‘limi yetib kelgan vaqtda vafot etib bo‘lganligi, yuz sohasida shilinish jarohatlari borligi, tanasida tan jarohatlari yo‘qligi ma’lum qilingan.

Voqea joyi va marhum I.Jumanovning murdasi sud-tibbiy ekspert va kriminalist mutaxassislar ishtirokida tashqi ko‘zdan kechirilganda, tan jarohatlari aniqlanmadi.

Voqea joyi ko‘zdan kechirilib, I.Jumanovning vafot etganligi holati yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda, natijasi haqida qo‘shimcha ravishda axborot berilishi ta’minlanadi», deyiladi bizga taqdim qilingan axborotda.

Qayd etilishicha, vafot etgan shaxs 1952 yilda Kosonsoy tumanida tug‘ilgan, millati tojik, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, oilali, 5 nafar farzandi bor, nafaqada.

Kiritildi: 20:12 10.01.2021. O'qildi: 3501 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!