Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Namangandagi to‘yda 50 kishi zaharlandi

Namangandagi to‘yda 50 kishi zaharlandi

22 sentyabr kuni Namangan viloyatining Chust tumanidagi «Yuqori mahalla” fuqarolar yig‘inida to‘yda ishtirok etgan 50 dan ortiq odam ovqatdan zaharlanish alomatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan.

25 sentyabrb kuni ularning 10 dan ortig‘i kasalxonada qolishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, ovqatdan zaharlanganlar orasida to‘y qilgan oila boshlig‘i va uning o‘g‘li ham bor.

Chust tumani tibbiyot birlashmasi shifokorining so‘zlariga ko‘ra, zaharlanganlarga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatildi, o‘zlarini qoniqarli his qilgan bemorlarga uylariga ketishga ruxsat berildi.

Chust tumani sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Nasiba Bozorova vaziyat bo‘lim nazoratiga olinganini aytdi. Rasmiyga ko‘ra, barcha bemorlarda ovqatdan zaharlanish emas, balki diareya bo‘lgan.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati markazining mutaxassisi 25 sentyabr kuni to‘yda mehmonlarga berilgan ovqatdan namuna olinib, Toshkentdagi laboratoriyaga tadqiqot uchun yuborilganligini aytdi. Natija hali ma’lum emas.

 

Kiritildi: 11:55 26.09.2019. O'qildi: 2413 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!