"O‘zenergoinspeksiya" Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Namangan shahrida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor "A. F. D"ga qarashli nonvoyxona tegishli hujjatlarsiz tarqmoqqa ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 milliard 5 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.