Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Namanganda voyaga yetmaganlar itni daraxtga osib qo‘ydi. Ularga qanday jazo tayinlanadi?

Namanganda voyaga yetmaganlar itni daraxtga osib qo‘ydi. Ularga  qanday jazo tayinlanadi?

Ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekistonda bolalar ko‘ngilxushlik qilish uchun itni daraxtga osib qo‘ydi» izohi bilan videotasvir tarqaldi. Ushbu video yuzasidan Namangan IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 24 may kuni Chortoq tumani «Sohibkor» MFY Navbahor ko‘chasida yashovchi, Chortoq tumani XTBga qarashli umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi H.H. shu mahallada yashovchi, 5-sinf o‘quvchisi Z.SH. bilan birgalikda uydagi tovuqlariga zarar yetkazgan itni dalaga olib borib, tashlab kelish maqsadida o‘zi bilan birga olib ketib, o‘zlari sodir etayotgan harakatlarning huquqiy oqibatini tushunib yetmasdan, itni chinor daraxtiga osgan.

Ushbu holatni Chortoq tumani «Hayrli» MFYda yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan I.B. videotasvirga olib, Telegram messenjeridagi «Sinfdoshlar» guruhiga tashlagan.

27 may kuni ushbu videoni tumandagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi A.T. TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan. Hozirda videotasvirdagi kuchukning ahvoli yaxshi va H.H. tomonidan parvarishlab kelinmoqda.

Holat yuzasidan Chortoq tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilib, aybdor shaxslarning javobgarlik masalasini hal etish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Kiritildi: 11:49 12.06.2021. O'qildi: 2091 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!