O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida, Kosonsoy tumanidagi “K.I.S.T.” MCHJga tegishli inshoot hech qanday ruxsatnomasiz elektr tarmog‘iga ulangani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu holat elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 265 mln so‘m zarar yetkazgan.
"O‘zenergoinspeksiya" bu holat bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirilganini ma’lum qildi.