Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda spirtli ichimlikdan vafot etganlar soni 6 kishiga yetdi

Namanganda spirtli ichimlikdan vafot etganlar soni 6 kishiga yetdi

Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanida spirtli ichimlikdan zaharlangan 6-bemor 6 yanvar kuni vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga ma’lum qildi.

Hozirda 6 nafar bemor sog‘aygan, bir nafari esa reanimasiyada og‘ir ahvolda qolmoqda.

Ushbu holat yuzasidan 2 nafar shaxs A.S. (sotuvchi) va yetkazib beruvchi ayol N.A.ga (uy qamog‘i) nisbatan ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186 moddasi, 4-qismi «a» bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Oldinroq umumiy jabrlanganlar soni 13 nafarni tashkil etgani haqida xabar bergan edik.

Kiritildi: 16:57 07.01.2021. O'qildi: 2635 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!