Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda "Spark" yo‘lovchilarni urib yubordi va ariqqa quladi

Namanganda "Spark" yo‘lovchilarni urib yubordi va ariqqa quladi

Shu yil 30 sentyabr kuni soat 18:45 larda, Namangan shahar Nurafshon MFY A.Xo‘jayev ko‘chasida, Spark rusumli avtomashinani boshqarib ketayotgan haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, yo‘lni kesib o‘tayotgan ikki nafar piyodani urib yuborgan va boshqaruvni yo‘qotib yo‘l chetidan oqib o‘tgan “Yangiariq” arig‘iga tushib ketgan.

Natijada, jabrlanuvchilardan biri bosh miya suyagining yopiq sinishi tashxisi bilan, ikkinchisi esa bosh miya chayqalishi, o‘ng bilak soxasining siljib sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:54 05.10.2020. O'qildi: 2120 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!