Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi

Namanganda sigir yosh bolani suzib, o‘ldirib qo‘yishiga sal qoldi

Joriy yilning 16 iyul kuni soat 19:30 da Namangan viloyati shoshilinch tez-tibbiy yordam markazining bergan xabariga ko‘ra, shu kuni soat 18:47da, Yangiqo‘rg‘on tumani “Barkamol” mahallasida yashovchi, 1968 yilda tug‘ilgan fuqaro A.O o‘ziga tegishli bo‘lgan qoramollarni boshqa hududdagi yer uchastkasidan yashash uyiga olib kelayotgan vaqtda, yashash uyi oldida o‘ynab yurgan 2023 yilda tug‘ilgan X.R va uni himoya qilmoqchi bo‘lgan onasi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro A.D. larni suzib, tan jarohati yetkazgan.

Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sud tibbiy ekspertizasining 22.07.2025 yildagi xulosasida fuqaro A.D. ga o‘rtacha og‘ir va voyaga yetmagan R.X. ga yengil tan jarohati yetkazilganligi ko‘rsatilgan.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaz Namangan filialining bergan ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanuvchilarga 18.07.2025 yilda yashash uyiga ruxsat berilib, hozirda yashash uyida ambulator sharoitda davolanmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 23:30 23.07.2025. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!