Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganda madaniy meros ob’ekti buzilib, o‘rniga uy-joy qurib yuborilgani aniqlandi

Namanganda madaniy meros ob’ekti buzilib, o‘rniga uy-joy qurib yuborilgani aniqlandi

Prokuratura va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan o‘rta asrlarga oid noyob madaniy meros ob’ekti buzilib, o‘rniga uy-joy qurib yuborilgani aniqlandi.

Jumladan, Namangan viloyati, Yangiqo‘rg‘on tumani Navkent mahallasida joylashgan “O‘rdatepa” arxeologiya yodgorligining 0,03 gektar qismi fuqaro J.U. tomonidan hamda 0,02 gektar qismi fuqaro A.YU. tomonidan maxsus texnika yordamida buzib tashlanib, o‘rniga o‘zboshimchalik bilan uy-joy qurilgan.

Oqibatda tarixiy yodgorlikka qariyb 72 mlrd. so‘mlik jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 09:50 10.08.2022. O'qildi: 2823 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!