Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Namanganda ikki chaqaloqni o‘ldirgan ayol: «Shayton endi menga nuqul o‘zimni o‘ldirishim kerakligi haqida gapirmoqda»

Namanganda ikki chaqaloqni o‘ldirgan ayol: «Shayton endi menga nuqul o‘zimni o‘ldirishim kerakligi haqida gapirmoqda»

Namangan tumani tibbiyot birlashmasining tug‘ruq kompleksi ikkinchi qavati derazasidan 9 sentyabr kuni ikki chaqaloq uloqtirilgani, bu qilmish chaqaloqlardan birining onasi bo‘lgan 23 yoshli D.X. ismli ayol tomonidan sodir etilgani haqida xabar berilgan edi.

Bosh prokuratura axborotida D.X. o‘z chaqalog‘ining oyoqlari notekis (nuqsonli) tug‘ilganidan achchiqlanib, uni derazadan uloqtirgani ta’kidlangan edi. Repost’ning yozishicha, bu D.X.ning uchinchi homiladorligi edi — birinchisi tushib qolgan, ikkinchisida esa homila 37 haftaligida, kesarcha kesish yo‘li bilan, nogironlik bilan tug‘ilgan.

«Qizingiz nega bunday qildi?», degan savolga D.X.ning onasi: «Qizimning ichiga shayton kirib olgan», deb javob bergan. Qizning o‘zi ham Repost muxbirining savoliga taxminan shunday javob bergan.

«Ko‘zimga nuqul shayton ko‘rinadi. Menga u qizimni o‘ldirish, uni derazadan uloqtirish haqida buyruq berdi. Endi esa menga nuqul o‘zimni o‘ldirishim kerakligi haqida gapirmoqda», — deb aytgan D.X..

Everyday.uz

Kiritildi: 12:14 24.09.2019. O'qildi: 4880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!