Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Namanganda fuqaro ikki nafar IIB xodimini pichoqladi

Namanganda fuqaro ikki nafar IIB xodimini pichoqladi

Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida 29 iyul kuni fuqaro ichki ishlar xodimlariga jarohat yetkazdi. Bu haqda tuman IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Soat 20:50 da Farg‘ona mahallasida yashovchi fuqarolar murojaat qilib, K.Q. ismli shaxs aholi tinchligini buzayotgani va janjal qilayotganini xabar qilgan.

Hududga tungi xizmatga biriktirilgan 2 nafar profilaktika inspektori hodisa joyiga yetib borib, K.Q. tomonidan sodir etilayotgan bezorilik harakatlarini oldini olmoqchi bo‘lgan.

Ammo fuqaro xodimlarning qonuniy talablarini bajarmay, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. Qo‘lidagi xo‘jalik pichog‘i hamda yog‘och bo‘lagi bilan ularni urib jarohat yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayblanuvchi qamoqqa olindi, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 00:35 15.08.2024. O'qildi: 1510 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!