Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Namanganda davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab, fleshmob o‘tkazildi

A A A
Namanganda davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab, fleshmob o‘tkazildi

Namangan muhandislik-qurilish institutida 18 noyabr —davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlab “Hilpirab turar mag‘rur O‘zbekiston bayrog‘i!” shiori ostida o‘ziga xos fleshmob o‘tkazildi.

Ushbu fleshmob doirasida institut talabalari ulkan davlat bayrog‘ini oliy o‘quv yurtiga qo‘lma-qo‘l qilib olib kirdi. Bayroq auditoriyalar, talabalar turar-joylarida hilpiradi.

Talaba-yoshlar davlat bayrog‘i haqidagi she’r va qo‘shiqlarni ijro etdi. Namangan muhandislik-qurilish instituti binolarida hilpiragan ulkan davlat bayrog‘i barchaning diqqat-e’tiborini o‘ziga tortdi.

Kiritildi: 08:55 17.11.2023. O'qildi: 1058 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!