Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Namanganda bir shisha aroq va ikki shisha vino talashgan ulfatlar jazolandi

Namanganda bir shisha aroq va ikki shisha vino talashgan ulfatlar jazolandi

Pop tumani, Mustaqillik mahalla fuqarolari yig‘inida yashovchi fuqarolar V.Ahmedov, R.Sidiqov, R.Refatov, K.Xudoyberganov, B.Polvanov 2020 yil 13 may kuni soat 18-00da ushbu mahallada joylashgan savdo do‘koni oldida V.Ahmedov qo‘lida bo‘lgan bir shisha aroq va ikki shisha vino spirtli ichimlikni talashib qolishdi.

Oqibatda o‘zaro gap tortishib, baqir-chaqir qilib, karantin qoidalarini buzganliklari uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, Pop tuman ma’muriy sudi tomonidan O‘zbekistan Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 54-moddasining 1-qismi va 183-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etganlikda aybli deb topilib, ularga nisbatan 15 (o‘n besh) sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi va sud zalidan qamoqqa olindi.

S.Qodirov, Pop tuman ma’muriy sudining raisi 

Kiritildi: 15:49 18.05.2020. O'qildi: 2297 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!