Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Namanganda arxeologiya ob’ektiga 80 milliard so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Namanganda arxeologiya ob’ektiga 80 milliard so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi

Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati va Madaniy meros agentligi mutaxassislari ishtirokida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani mas’ul mansabdor shaxslari tomonidan madaniy meros ob’ekti uy-joy qurish uchun noqonuniy berib yuborilgani aniqlandi. Oqibatda ob’ektga jiddiy zarar yetkazilgan.

Jumladan, madaniy meros yodgorligi hisoblangan Yangiqo‘rg‘on tumani Gaiston mahallasida joylashgan “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligiga oid hujjatlar tuman kadastr va qurilish bo‘limi boshliqlari tomonidan qonunchilik talablariga zid ravishda yer uchastkalarini berish masalasini ko‘rib chiquvchi komissiyaga taqdim etilgan va ushbu hudud noqonuniy ravishda fuqarolarga dala hovli qurish uchun ajratilgan.

Oqibatda, “Gaistontepa” arxeologiya yodgorligi 2020-2021 yillar davomida fuqaro Z.M. tomonidan buzib tashlanib, o‘rniga uy-joy qurilgan. Natijada tarixiy ob’ektga 80 mlrd. so‘m jiddiy zarar yetkazilgan.

Tekshirish natijasiga ko‘ra, jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi madaniymeros.uz.

Kiritildi: 09:04 02.08.2022. O'qildi: 2122 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!