Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Namanganda aliment to‘lamagan ota sud tomonidan jazolandi

Namanganda aliment to‘lamagan ota sud tomonidan jazolandi

Kosonsoy tuman ma’muriy sudi o‘z binosida, ochiq sud majlisida, tuman sudining raisi B.Abdullayevning raisligida ikki nafar farzandiga aliment qarzdorligini bartaraf etmagan Q.Muminovga oid ma’muriy ish ko‘rildi.

Voqea quyidagicha sodir bo‘lgan. fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on  tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan undiruvchi O‘.Majidova foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun har oyda topgan har qanday daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan bo‘lsada, moddiy yordamga muhtoj voyaga yetmagan farzandining moddiy tomondan ta’minlashdan bo‘yin tovlab, 2018 yilning yanvar oyidan 2020 yil iyun oyiga qadar jami 21.040.336 so‘m aliment pulini to‘lamasdan bo‘yin tovlab kelgan.

Sud muhokamasi davrida zararni qoplash uchun berilgan muddat mobaynida Q.Muminov tomonidan alimentdan bo‘lgan 21.040.336 so‘m qarzdorlik bartaraf etilmagan.

Sud Q.Muminovga nisbatan jazo tayinlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018 yil 30 noyabrdagi “Sudlar tomonidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishni tartibga soluvchi qonunlarni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi Qarori tushuntirishlariga rioya qilib, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymondaligini, muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmaganligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar sifatida baholab, uning qilmishlarida jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud emas deb topib, u ayblanayotgan modda sanksiyasida nazarda tutilgan ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

 

Bahodir Abdullayev,

Sudyalar Oliy maktabi tinglovchisi

Kiritildi: 11:13 04.06.2020. O'qildi: 1942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!