Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Namanganda aholiga mo‘ljallangan 4,1 mlrd so‘mlik ko‘mir talon-toroj qilindi

Namanganda aholiga mo‘ljallangan 4,1 mlrd so‘mlik ko‘mir talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Namangan shahri ko‘mir ombori mas’ul shaxslari kuz-qish mavsumida imtiyozli narxlarda aholiga yetkazib berish uchun ajratilgan umumiy bahosi 4,1 mlrd so‘mlik jami 13,3 ming tonna ko‘mirni boshqa shaxslarga sotib yuborib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “Ko‘mir ta’minot” MCHJning Bog‘ot tumani ko‘mir ombori kassiri S.K. haydovchisi E.O. va ombor qorovuli K.M. umumiy bahosi 85,5 mln so‘mlik 276 tonna ko‘mirni ombordan yashirincha olib chiqib, shundan 900 kg. ko‘mirni fuqaro M.X.ga 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Shuningdek, ushbu ko‘mir omborida 345,8 tonna ko‘mir kamomadi aniqlangan.

Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.T.S.” MCHJ mas’ul shaxslari Taxtako‘pir va Shumanay tumanlaridagi ijtimoiy soha ob’ektlarini issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida ko‘mir xarid qilish uchun byudjetdan ajratilgan 1,4 mlrd so‘m mablag‘larning 340,8 mln so‘mini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:45 05.11.2024. O'qildi: 515 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!