Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

Namanganda advokatga soqol sababli tahdid qilindi

Namanganda advokatga soqol sababli tahdid qilindi

Namanganda advokat B.Boltayevga nisbatan ichki ishlar xodimi tomonidan tahdid va bosim bo‘lgani ijtimoiy tarmoqlarda muhokama markaziga aylandi, deb yozmoqda inson huquqlari "Ezgulik" jamiyatidan Z.Mirzaxmedov.

Advokatning soqoli sababli bosim o‘tkazilgani – masalaning faqat yuzasidir. Aslida esa bu voqea qonunga amal qilgan huquq himoyachisiga nisbatan noqonuniy aralashuvdan darak beradi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Boltayev sud ishida ishtirok etib, ayblanuvchi qamoqqa emas, jarimaga tortilishi kerakligini qonuniy asosda himoya qilgan. Bu holat ichki ishlar xodimi Muzaffar Maxmudovga ma’qul kelmagan va u advokatni ichki ishlar bo‘limiga chaqirtirib, advokatlikdan voz kechishni talab qilgan. Aks holda, “soqolingni oldir, bo‘lmasa lisenziyadan mahrum qilaman” deb tahdid qilgan.

Eng tashvishlisi — huquqni himoya qilishga bel bog‘lagan advokatga nisbatan “popugingni pasaytirish kerak, bolalar orqali yo‘qotaman” degan darajada tahdid qilingan.

Bu na faqat advokatlik faoliyatiga noqonuniy aralashuv, balki shaxsiy xavfsizlikka qarshi qilingan ochiq tahdid hisoblanadi. O‘zbekiston Konstitusiyasi har bir shaxsning tashqi ko‘rinishi, fikr erkinligi va kasbiy faoliyatiga kafolat beradi. Advokatning soqoli uning bilim va huquqiy pozisiyasiga ta’sir qilmaydi.

Advokatga tahdid – bu butun huquqni muhofaza qilish tizimiga tahdiddir. Bunday holatlar jamoatchilik va mutasaddi idoralar diqqat markazida bo‘lishi shart. Ichki ishlar vazirligi, DXX, Advokatlar palatasi va Bosh prokuratura bu voqea yuzasidan xolis tekshiruv o‘tkazib, aybdorlarga nisbatan qonun doirasida chora ko‘rishi zarur.

Kiritildi: 13:52 08.05.2025. O'qildi: 776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!