Bugun Namangan viloyatida 5 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.
Tuzalganlarning barchasi Namangan viloyatidan (2 nafari Namangan shahridan, 2 nafari Uychi tumanadan, 1 nafari esa Namangan tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 2 nafari erkak, 3 nafari ayollar bo‘lib, eng yoshi kattasi 60 yoshda, yoshi kichigi esa 3 yoshli qizaloq.
Viloyatda shu paytga qadar 202 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 207 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2141 nafarga yetdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.