Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Namanganda 3 kishi cho‘kib ketdi. Bir nafari halok bo‘ldi

A A A
Namanganda 3 kishi cho‘kib ketdi. Bir nafari halok bo‘ldi

2021 yil 11 iyul kuni soat 16:46 lar chamasida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Navbatchilik qismining qisqa 1050 raqamiga Uychi tuman O‘nxayat mahalla fuqarolar yig‘ini Shodiyona ko‘chasi 21-uyda yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan R.R ismli hamda yana 2 nafar fuqarolar Uychi tuman Qumtepa MFY xududidan oqib o‘tgan “Norin” daryosida cho‘kib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabarga ko‘ra, voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar bo‘limining Qutqaruv otryadining suvda qidiruv-qutqaruv guruhi yordamga kelib, suvda qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun 2 nafar fuqaro mahalliy aholi tomonidan qutqarib olingan.

Tezkorlik bilan olib borilgan suvda qidiruv-qutqaruv ishlari davomida R.R ismli fuqaroning jasadi daryoning 2,5 metr chuqurligidan topilgan.

Kiritildi: 23:23 12.07.2021. O'qildi: 3342 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!