Namanganda oxiri o‘lim bilan yakunlangan YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Namangan viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yil 20 aprel kuni soat 14:00 larda Kosonsoy tumani “Rovot” MFY Rovot ko‘chasi ichki yo‘lida 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro “Damas” rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan 2021 yilda tug‘ilgan bolani urib yuborgan. Hodisa oqibatida jabrlanuvchi “bosh miya yopiq shikasti, peshona yuz sohasi shilingan jarohati” bilan tuman shifoxonasiga yotqizilgan. Ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay bola shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat bo‘yicha tuman IIB huzuridagi TB tomonidan JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.