Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chortoq tumani bo‘limi va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “K.H.” MCHJ rahbari I.A. “Beshkapa” MFY hududidagi dorixonasida sifati va yaroqliligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan umumiy bahosi 700 mln so‘mlik 1 597 turdagi dori vositalarini sotuvga qo‘yganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.