Bugun 14 yanvar, 2025 yil, seshanba

КИР

Namangan va Andijon viloyatlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Namangan va Andijon viloyatlarida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chust tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “CH.SH.” MCHJ mas’ul shaxslari o‘zaro til biriktirib, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish binosida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Andijon shahri bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “B.b.” NTM mas’ul shaxslari va boshqalar ushbu ta’lim muassasasi binosini elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida shartnomasiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 892,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 12:01 13.01.2025. O'qildi: 527 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!