Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Namangan, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Ichki ishlar organlari va “Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Kosonsoy tumanida yashovchi, 1971, 1975 va 1990 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro tomonidan tumanning “O‘rikzor”, “Gulobod” va “Mahdumi A’zam” mahalla fuqarolar yig‘inlari hududlarida tashkil etilgan 3 ta “yashirin ombor” fosh etildi.

Natijada 723 turdagi jami 57422 dona xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan va sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan, shuningdek, ayrimlarining yaroqlilik muddati o‘tgan kontrafakt dori vositalari prosessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va “Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda esa Qarshi tumanida istiqomat qiluvchi, 1965 y.t. shaxs o‘zining yashash xonadonida tegishli lisenziyasiz dorixona tashkil qilib, 82 turdagi jami 1520 dona me’yoriy hujjati bo‘lmagan dori vositalarini sotib kelayotganligi aniqlandi.

Bu kabi qonunbuzilish holati Samarqand shahrida ham qayd etilib, jumladan, 1980 y.t. mahalliy fuqaro ijaraga olgan omborxonalarda 225 turdagi jami 14322 dona iste’molga yaroqsiz dori vositalari sotish maqsadida saqlab kelinayotganligi Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan fosh etildi.

Hozirda har uchala holatda olingan dori vositalariga nisbatan ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:24. O'qildi: 242 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!