Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Namangan kostyumlarining xorijda ham xaridorlari bor

A A A
Namangan kostyumlarining xorijda ham xaridorlari bor

Namanganda faoliyat yuritayotgan Orzu kichik sanoat zonasida yengil sanoat, oziq-ovqat, tibbiy texnika, poligrafiya, polietilen paket va plyonkalar, energiya tejamkor lampa ishlab chiqarishga oid umumiy qiymati 142 milliard so‘mlikdan ziyod 22 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan edi.

Mazkur loyihalarning birinchi bosqichi 2018 yil so‘nggi choragida ish boshlagan. Jumladan, Porloq tekstil liboslari , Nurobod sifat tekstil , Ulug -B , White gold towel textile , Kvars sanoat servis , Bosir tekstil servis , Sug diyona fayz tekstil , Universal Food Trade , Mega eko plast kabi korxonalar ishga tushirilib, 1000 ga yaqin ish o‘rni yaratildi.

Orzu kichik sanoat zonasidagi barcha loyihalar hayotga to‘liq tatbiq etilgach, yiliga 82 milliard so‘mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarish quvvati paydo bo‘ladi va 4 mingga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yo‘naltiriladi.

Ideal Tekstil Orzu MCHJ mazkur hududda eksport borasidagi qaldirg‘och korxonalardan biri.

Mahsulotimizga germaniyalik ishbilarmonlar katta qiziqish bildirmoqda, deydi korxona rahbari S.Xalilov. Ayni paytda ular bilan shartnomalar tuzish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy masalalar ustida ish olib borilmoqda. Tez orada Made in Uzbekistan brendi ostida Ideal yorlig‘i bilan jo‘natilgan kostyum va kurtkalarimiz Germaniya bozoriga kirib boradi. Prezidentimiz tomonidan eksport masalasiga qaratilayotgan katta e’tibor hamda eksportchi korxonalarga berilayotgan imtiyozlar biz, tadbirkorlar uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. Kelajakda eksport geografiyasini yanada kengaytirishni maqsad qilganmiz.

Ideal Tekstil Orzu korxonasida qisqa vaqt ichida bir yarim gektardan ziyod maydonda qiymati 22 milliard so‘mlik loyiha amalga oshirildi. Jumladan, 8 milliard so‘mlik qurilish-montaj ishlari bajarildi va 14 milliard so‘m uskunalar sotib olish va jihozlashga sarflandi. Bunda albatta, Aloqabank ning 16 milliard so‘mlik imtiyozli krediti tadbirkorga madad bo‘ldi.

Korxonada Germaniya, Yaponiya, Turkiya, Xitoy kabi davlatlar texnologiyasi asosida erkaklar kostyumi va kurtkalari ishlab chiqarilmoqda. Yiliga 250 ming dona turli assortimentdagi kiyim-kechak ishlab chiqarish quvvatiga ega korxonada tayyorlangan sifatli va xushbichim mahsulotlarning 60 foizini tashqi bozorga chiqarish mo‘ljallanmoqda. Bu dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2,7 million dollarni tashkil etadi.

Manba: uza. uz

Kiritildi: 19:18 31.01.2019. O'qildi: 2197 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!