Bugun 13 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

Nahotki! Stiven Xokingni o‘zga sayyoraliklar o‘ldirishganmi?

A A A
Nahotki! Stiven Xokingni o‘zga sayyoraliklar o‘ldirishganmi?

Dunyoga mashhur fizik Stiven Xoking o‘zining ajoyib zakovati va g‘alati tuyg‘ulari bilan mashhur bo‘lgan, ammo mana shu qobiliyati tufayli ham uni ba’zi konspirologlar o‘zga sayyoralik deb o‘ylashgan.

Hozirda esa olimlarning fikricha, fizikni Nibiru sayyorasi vakillari o‘ldirishgan.

Buyuk Britaniyalik olim sklerozning tuzalmas turidan aziyat chekkan. Bunday tashxis qo‘yilgan odamlar, aslida, 20 yildan ko‘proq yashay olmaydilar (rekord Jeyson Bekker tomonidan o‘rnatilgan). Ammo Xoking 50 yil yashay oldi. Lekin qanday qilib?

Shuni ham ta’kidlash kerakki, butun umri davomida fizik boshqa olimlarni o‘zga sayyoraliklarni izlash g‘oyasidan voz kechishga undagan. U bu izlanish keyinchalik yomon oqibatlarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlagan.

Hayotining so‘nggi yillarida Stiven X sayyorasi haqida ko‘p gapirgan. Ilgari olimlar uning so‘zlarini jiddiy qabul qilmagandilar, biroq vaqt o‘tib vaziyat o‘zgardi. Mutaxassislar o‘z fikrlarini o‘zgartirganlarida esa fizik vafot etdi.

Olim Stiv Bassenning fikricha, gumanoidlar o‘z dushmani bo‘lgan Xokingni o‘ldirishgan. Endi esa tez orada "yashil gumanoidlar"ning Yerga nisbatan hujumi boshlanadi.

Kiritildi: 14:28 25.10.2018. O'qildi: 5338 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!