Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Nahotki?! Siyosatshunos Ozarbayjonga oqib o‘tadigan barcha daryolarni zaharlashni taklif qildi

Nahotki?! Siyosatshunos Ozarbayjonga oqib o‘tadigan barcha daryolarni zaharlashni taklif qildi

Armanistonlik siyosatshunos, “Demokratiya uchun sheriklik” markazi raisi, "Armaniston dini" veb-saytining muharriri Stepan Daniyelyan o‘zining "Feysbuk" sahifasida ochiqdan-ochiq terroristik xarakterdagi maqola bilan chiqdi.

“Oxirigacha borishga tayyor bo‘lgan xalqlarni dunyo hurmat qiladi va qabul qiladi. Isroil buni amalga oshirdi va bu hisobga olindi”, deya u o‘z maqolasini boshlagan.

Keyin u Armanistonda Ozarbayjon bilan urushda boshqa bir variantni taklif qiladi.

“Sarsang suv omborini portlatish, Ozarbayjonga oqib o‘tadigan daryolarni zaharlash, barcha o‘rmonlarni yoqib yuborish kerak. Va so‘nggi chora sifatida Arsaxdagi atom elektr stansiyasining chiqindilarini chiqarib yuborio‘ lozim. Agar armanlar u yerda yashamasa, u yerda hech kim yashamasin”, deb yozgan demokratiyaning bu muxlisi.

"Biz allaqachon genosidga duchor bo‘lganmiz va dunyo nafaqat bu bilan murosaga keldi, balki asosiy davlatlar bunda ishtirok etdi. Biz bunga ikkinchi marta yo‘l qo‘ymasligimiz kerak», deb yozgan S. Daniyelyan.

So‘ng S. Daniyelyan ushbu postni "Feysbuk"dan olib tashlagan. Biroq, u "Telegram" kanallari orqali skrinshot shaklida tarqalib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Kiritildi: 19:49 08.11.2020. O'qildi: 3271 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!