Polisiya bahosiga ko‘ra, shahar markazida 250 minggacha odam to‘plangan. Namoyish ishtirokchilari Erondagi “oyatullohlar rejimi”ga qarshi chiqmoqda. Aksiya tinch ko‘rinishda o‘tmoqda, ko‘plab ishtirokchilar AQSh va Isroil bayroqlari bilan kelgan.
Namoyish tashkilotchilarining ma’lum qilishicha, bu Myunxen tarixidagi eng yirik shunday turdagi aksiya hisoblanadi.
Polisiya xavfsizlik choralarini kuchaytirgan va jamoat transportida muammolar yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.