Germaniyaning Myunxen aeroporti o‘z havo hududida dronlar aniqlangani sababli parvozlar to‘xtatilganini ma’lum qildi.
Bu haqda aeroport saytida e’lon qilingan bayonotda aytilgan.
"2 oktyabr kuni kechga yaqin Germaniya havo harakatini boshqarish boshqarmasi Myunxen aeroportida mahalliy vaqt bilan soat 22:18 dan boshlab parvozlarni cheklab qo‘ydi, keyin esa bir necha dronlar kuzatilgani sababli ularni butunlay to‘xtatdi", — deyiladi xabarda.
Unda qayd etilishicha, hodisa oqibatida 17 ta reys to‘xtab qolgan. To‘xtatib turish 3000 ga yaqin yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatdi.
O‘n beshta kiruvchi reys Shtutgart, Nyurnberg, Vena va Frankfurtga yo‘naltirildi.