Myanmaning ikkinchi yirik shahriga xizmat ko‘rsatuvchi Mandalay xalqaro aeroporti (Tada-U) dron hujumi tufayli to‘xtatildi.
Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, hujum payshanba kuni sodir bo‘lgan. Dron hujumi davom etayotgan fuqarolar urushi fonida Myanma harbiy kuchlariga qarshilik ko‘rsatayotgan isyonchilar tomonidan amalga oshirilgan.
Payshanba kuni kechqurun Myanmar Airways International o‘zining rasmiy Facebook sahifasida Tada-U xalqaro aeroportiga va undan barcha xalqaro reyslar vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qildi.
Ichki reyslar keyingi xabarnoma berilgunga qadar yaqin atrofdagi ayeroportga yo‘naltiriladi. Aviakompaniya "operasion sabablar" ni keltirdi.