Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Myanmada mehmonxona qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Myanmada mehmonxona qulashi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Myanmaning shimoli-sharqidagi Shan shtatida mehmonxona qulashi oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘lgan, bundan tashqari 20ga yaqin odam vayronalar ostida qolgan mumkin.

Bu haqda DVD portali ma’lum qildi.

"Hozirda qutqaruv ishlari olib borilmoqda. 8 qavatli bino butunlay qulab tushdi. Ichkarida hali qancha odam borligi ma’lum emas. Jarohatlangan ko‘p. Menimcha, u yerda 15-20 ga yaqin odam bor", - deya portal qutqaruvchilardan birining so‘zlaridan iqtibos keltiradi.

AFP xabariga ko‘ra, Myanma rasmiylari oltita hududda favqulodda holat e’lon qilgan va zilzila oqibatlarini bartaraf etishda xalqaro hamjamiyatdan yordam so‘ragan.

Avvalroq masjid va monastirning qulashi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.

Kiritildi: 15:16 28.03.2025. O'qildi: 565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!