Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

"My5" telekanali Bosh direktori lavozimini tark etdi. Amirxon-chi?

"My5" telekanali Bosh direktori lavozimini tark etdi. Amirxon-chi?

Oldinroq ijtimoiy tarmoqlarda "My5" telekanali Bosh direktori Qobiljon Ahmedov telekanaldan ketgani, shuningdek, Amirxon Umarov ham bosh prodyuserlik lavozimidan ayrilgani haqida turli xabarlar tarqalgan, bu esa pandemiya mavzusidagi "Ochiqchasiga gaplashamiz" tok shousi bilan bog‘langan edi.

Qobiljon Ahmedov o‘zining feysbukdagi sahifasida bu masalaga oydinlik kiritdi.

"O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi maslahatchisi lavozimiga tayinlanganim, shu munosabat bilan zimmamga yangi vazifalar yuklatilgani bois, My5 telekanali Bosh direktori lavozimini tark etdim. "Yoshlar" teleradiokanalidan mehnat ta’tiliga chiqdim.
Biroq har ikki telekanalda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi vakili sifatida o‘z faoliyatimni davom ettiraman.
Noto‘g‘ri talqin bo‘lmasligi uchun — Amirxon ham My5 dan ketgani yo‘q, "Markaziy studiya" boshlovchisi sifatida ishlashda davom etadi.
O‘zgarishlar xayrli bo‘lishini Yaratgandan so‘rab qolaman", deb yozadi u.
Kiritildi: 18:59 08.08.2020. O'qildi: 25147 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!