Bugun 19 aprel, 2026 yil, yakshanba

КИР

Muzokaralarda rivojlanish bo‘lmasa, AQSh Eron bilan urushni qayta boshlaydi

Muzokaralarda rivojlanish bo‘lmasa, AQSh Eron bilan urushni qayta boshlaydi

Agar muzokaralarda hech qanday taraqqiyot bo‘lmasa, Qo‘shma Shtatlar yaqin orada Eronga qarshi harbiy harakatlarni qayta boshlashi mumkin.

Bu haqda Axios bu haqda manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, shanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda Hormuz bo‘g‘ozidagi so‘nggi keskinlashuv va Eron bilan muzokaralarni muhokama qilish uchun favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Vaziyat xonasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda vise-prezident Jey Di Vens, harbiy kotib Pit Xegset, davlat kotibi Marko Rubio, moliya vaziri Skott Bessent, prezidentning maxsus vakili Stiv Uitkoff, Oq uy shtabi boshlig‘i Syuzan Uayls, Markaziy razvedka direktori Jon Retkliff va AQSh Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Den Keyn ishtirok etdi.

"Agar Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralarda hech qanday yutuq bo‘lmasa, urush yaqin kunlarda qayta boshlanishi mumkin", deb ta’kidladi AQShning yuqori lavozimli amaldori.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!