Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Muzokaralar hal qiluvchi bosqichda: Masqatdagi uchrashuv mintaqaviy siyosatga ta’sir qilishi mumkin

Muzokaralar hal qiluvchi bosqichda: Masqatdagi uchrashuv mintaqaviy siyosatga ta’sir qilishi mumkin

Eron va AQSh o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘lmagan muzokaralarning to‘rtinchi bosqichi 11 may kuni Ummon poytaxti Masqat shahrida o‘tkaziladi. Bu haqda NourNews agentligi xabar berdi.

“Xabardar manbaning so‘zlariga ko‘ra, Islomiy Respublika va AQSh o‘rtasidagi navbatdagi muzokaralar joriy yakshanba, 11 may kuni Masqatda bo‘lib o‘tadi. Ilgari o‘tkazilgan uch bosqichli faol maslahatlashuvlardan so‘ng boshlangan mazkur muzokaralar, asosan, insonparvarlik masalalari va har ikki tomon uchun dolzarb bo‘lgan xavfsizlikning ayrim jihatlariga qaratilgan”, — deyiladi axborotda.

Ma’lumot uchun, AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uydagi matbuot anjumanida kelasi hafta Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar va mintaqaning bir necha boshqa davlatlariga tashrif buyurishini ma’lum qilgan edi.

“Yaqin Sharqdagi murakkab siyosiy vaziyatni hisobga olgan holda, Masqatdagi muzokaralar juda nozik deb baholanmoqda. Ularning natijalari Eronning yadroviy dasturi atrofidagi jarayonlarga va AQShning mintaqadagi keyingi qadamlariga ta’sir ko‘rsatishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 17:08 06.05.2025. O'qildi: 565 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!