Bugun 8 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Muzeydagi eksponatni soxtasiga almashtirgan xodimga jazo tayinlandi

Muzeydagi eksponatni soxtasiga almashtirgan xodimga jazo tayinlandi

O‘zbekiston davlat san’at muzeyidagi “So‘zana” XIX-XX asrlarga tegishli san’at asari hisoblanadi. Ushbu eksponatning haqiqiyligini aniqlash bo‘yicha 2014 yil Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan inventarizasiya jarayonida san’at asari asliga mos kelmasligi aniqlangan.

Inventarizasiya natijalariga ko‘ra O‘zbekiston davlat san’at muzeyining o‘sha davrdagi Bosh muhofizi M.Usmonov tomonidan asarning soxtasiga almashtirilganligi ma’lum bo‘lgan. So‘zananing asliga mos kelmaganligi to‘g‘risida 2014 yil 28 may kuni 4-sonli dalolatnoma tuzilgan.

Bu ishlar yuzasidan vakolatli davlat tashkilotlari qarori asosida xukm chiqarilgan, Bosh muhofizga 9 yilu 3 oyga ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilangan.

Hozirda restetusiya (xorijdan qaytarish) choralari ko‘rilmoqda.

Kiritildi: 13:19 24.02.2020. O'qildi: 1683 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!