Saylov byulletenlarining 100 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, fuqarolarning 49,42 foizi muxolifatdagi “Toburo” demokratik partiyasidan nomzod Li Chje Myonni yoqlab ovoz bergan. Uning raqibi, konservativ “Xalq kuchi” partiyasi nomzodi Kim Mun Su 41,15 foiz saylovchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.
Kim Mun Su "xalq tanlovini kamtarlik bilan qabul qilishini" bildirdi va raqibini tabrikladi.
Li Chje Myon KXDR bilan muloqot orqali xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, mehnat qonunchiligini isloh qilishga va’da berdi. U oldingi saylovda ham nomzodini qo‘ygan, ammo Yun Sok Yolga mag‘lub bo‘lgan edi.