Meksika terma jamoasi muxlislariga Gondurasdan uchralgan mag‘lubiyat yoqmadi.
KONKAKAF chorak finalida Gondurasdan uchralgan mag‘lubiyatdan (0:2) so‘ng Gonduras ustozi qo‘lini siqib qo‘yishga otlangan Meksika terma jamoasi ustozi Xavyer Agirrening boshiga pivo idishini otishdi.
Agirre voqeaga va jarohatga jiddiy e’tibor qaratgani yo‘q. "Hech qisi yo‘q, bu futbol" - dedi 65 yoshli mutaxassis.
Meksika futbol federasiyasi bu harakatlarni qoraladi va KONKAKAFdan reglament bo‘yicha ish ko‘rishni so‘radi.