Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Mutaxassislar jaziramadan ogohlantirishning yangi rangli shkalasini taqdim etdi

Mutaxassislar jaziramadan ogohlantirishning yangi rangli shkalasini taqdim etdi

AQSh Milliy meteorologiya xizmati hamda kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi mutaxassislari salomatlik uchun xavfli jaziramadan ogohlantirishning yangi rangli shkalasini taqdim etdi, deya xabar berdi Associated Press yangiliklari nashri.

Shkalaga o‘ta yuqori haroratni anglatuvchi yangi — siyohrang (binafsharang) qo‘shildi.

Eski shkalada oq, sariq, to‘q sariq va qizil ranglar bor edi: oq — harorat salomatlik uchun xavf solmasligini, qizil — tanani sovitish uchun sharoit va ichishga suv bo‘lmasa havo harorati salomatlik uchun xavfliligini anglatgan.

Siyohrang — nafaqat odamlarning salomatligi, balki hayoti ham xavf ostida ekanini ifodalaydi. Ogohlantirishning ushbu darajasini issiqlik stresslari uzoq davom etsa va hatto kechalari ham pasaymasa e’lon qilish rejalashtirilgan.

Mutaxassislar jaziramaning besh toifasi yuqori aniqlikdagi ilmiy hisob-kitoblarga asoslanganini ta’kidlashyapti. Harorat rang chegaralari ob-havo va iqlim haqidagi mahalliy ma’lumotlar, yuqori harorat sababli qayd etiladigan tibbiyot statistikalaridan kelib chiqqan.

Kiritildi: 11:11 24.04.2024. O'qildi: 448 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!