Jahon boks assosiasiyasining (WBA) ikkinchi eng yengil vazn toifasi chempioni, yaponiyalik Naoya Inouega Murodjon Ahmadaliyev bilan majburiy himoya jangini o‘tkazish bo‘yicha buyruq berdi. Bu haqda tashkilot har ikki tomonga rasmiy maktub yubordi. Har ikki jamoaga muzokaralar o‘tkazish uchun 14 iyul kuniga qadar muddat berildi. Agar belgilangan muddatda kelishuvga erishilmasa, promouterlar o‘rtasida ochiq kim oshdi savdosi o‘tkaziladi.
Reglamentga ko‘ra, Inoue chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan kundan boshlab 9 oy ichida mavjud bo‘lgan eng yaxshi da’vogarga qarshi himoya jangini o‘tkazishi kerak. Aniqrog‘i, 2023 yilning 26 dekabrida chempionlikni qo‘lga kiritgan ushbu charm qo‘lqop ustasi majburiy himoya jangini shu yilning 25 sentyabr kuniga qadar o‘tkazishi lozim. WBA yo‘nalishidagi majburiy da’vogar esa aynan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevdir.
Hozirda, Murodjon Ahmadaliyev AQShda o‘z mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda.