Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Murod Xonto‘rayevning halokatga uchrashi bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda

Murod Xonto‘rayevning halokatga uchrashi bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda

Joriy yilning 19 iyul kuni soat 11:30 larda, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani hududidan o‘tuvchi 4R-12 avtomobil yo‘lining 68-kilometrida bir yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan "Lacetti" hamda "BMW X5" rusumli avtomobillar ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida "BMW X5" rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketib ag‘darilgan.

🔹Natijada, "BMW X5" rusumli avtomobil haydovchisi, 1987 yilda tug‘ilgan M.X. voqea joyida vafot etgan va ushbu avtomobil yo‘lovchisi tan jarohati bilan shifoxonaga olib ketilgan.

❗️Mazkur YTH yuzasidan Bo‘stonliq tumani IIB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:51 19.07.2021. O'qildi: 11796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!