O‘zbekistonda 2023 yilning 1 aprel holatiga ko‘ra, muomaladagi bank kartalari soni 36,6 millontaga yetdi.
Mamlakat bo‘ylab bank kartalari eng ko‘p bo‘lgan bank “Xalq banki” hisoblanadi — 7,6 millionta. Bu borada keyingi o‘rinlarda “Agrobank” (4,1 mln) va “Ipoteka bank” (3,2 mln) bormoqda.
Umumiy o‘rnatilgan to‘lov terminallari 428,7 mingtaga yetgan. Bu bo‘yicha ham eng yuqori ko‘rsatkich “Xalq banki”ga tegishli — 48 mingta.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston aholisi 1 aprel holatiga ko‘ra, 36,2 million kishini tashkil qiladi.