Bugun 13 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Mumbay – milliarderlar yashaydigan Osiyodagi yetakchi shaharga aylandi

A A A
Mumbay – milliarderlar yashaydigan Osiyodagi yetakchi shaharga aylandi

Hindistonning Mumbay shahri Osiyodagi yangi “milliarderlar poytaxti”ga aylandi. Bu haqda Shanxayda joylashgan Hurun tadqiqot instituti ma’lumotlariga asoslanib, “Nikkei Asia” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 92 milliarderga ega Mumbay Pekinni ortda qoldirib, Osiyo qit’asidagi eng ko‘p milliarderga ega shaharga aylangan.

Institut hisobotiga ko‘ra, Nyu-Yorkda 119 milliarder bor, Londonda esa 97. Mumbay 92 milliarder bilan dunyoda uchinchi o‘rinda turadi.

Qayd etish joizki, Hindistonda 271 milliarder bor. Mumbay iqtisodiyoti esa 2023 yilda 7,5 foizga o‘sgan.

Mamlakatlar bo‘yicha baholanadigan bo‘lsa, Xitoy 814 milliarder bilan ro‘yxatda birinchilikni saqlab turibdi, ularning soni 2022 yilga nisbatan 155 kishiga kamaygani qayd etilgan.

Qo‘shma Shtatlar milliarderlar reytingida 800 milliarder bilan ikkinchi o‘rinda turadi. Sun’iy intellekt va axborot texnologiyalari sohalari AQSh iqtisodiyotida yetakchiga aylandi. AQShning chip ishlab chiqaruvchi Nvidia bosh direktori Jensen Xuang 48 milliard dollar boyligi bilan ro‘yxatning birinchi 30 taligiga kirdi. Google, Meta va Microsoft egalarining boyligida sezilarli o‘sish kuzatildi.

Kiritildi: 23:58 26.03.2024. O'qildi: 2318 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!