Misr terma jamoasi noyabr oyidagi FIFA kunlarida BAAda Xalqaro o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi.
"Fir’avnlar" bosh murabbiyi Hossam Hassan O‘zbekiston va Jazoirga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomasini e’lon qildi. Undan Muhammad Saloh va Omar Marmush kabi yulduzlar ham o‘rin oldi.
Eslatib o‘tamiz. O‘zbekiston va Misr terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 14 noyabr kuni o‘tkaziladi.