Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Muhammad Saloh o‘zi tug‘ilgan qishloqqa tez tibbiy yordam markazi qurib berdi

Muhammad Saloh o‘zi tug‘ilgan qishloqqa tez tibbiy yordam markazi qurib berdi

Liverpul futbol jamoasining misrlik yulduzi Muhammad Saloh gol urish va kuboklar yutishdan boshqa ishlarni ham amalga oshiradi. U nafaqat futbolda, balki hayriya ishlarida ham yetakchilardan biri hisoblanadi. Bunday ishlarning so‘nggi ko‘rinishi Saloh o‘zi voyaga yetgan Misrning Najrij hududiga tez tibbiy yordam markazini qurib berishi bo‘ldi.

600 000 Misr fundi (37 200 AQSh dollari) miqdoridagi mablag‘ga qurib bitkazilgan ushbu markaz mazkur qishloqda yashovchi 30 ming kishiga xizmat qiladi. Uning ochilish marosimi shu haftada bo‘lib o‘tdi va unda Salohning otasi Hoji Saloh G‘oliy ham ishtirok etdi.

Futbolda superyulduz darajasigacha chiqqan bo‘lasada, Muhammad Saloh o‘zining tug‘ilib o‘sgan joylarini esdan chiqarib qo‘ymaydi.

Foydalanishga topshirilgan yangi tibbiyot markazi Salohning ko‘plab amalga oshirgan xayriya ishlaridan birigina xolos.

Misol uchun, Nagrigda qizlar maktabga borish uchun uzoq masofalarni bosib o‘tishlariga to‘g‘ri kelardi. Shuning uchun Saloh 2018 yilda ushbu qishloqda qizlar uchun maktab qurishni moliyalashtirdi.

U, shuningdek, Nagrig qishlog‘ida joylashgan G‘arbiya provinsiyasi uchun yer sotib olib berdi. Endi provinsiya bu yerni suvni qayta tozalash zavodi qurish uchun ishlatadi va bu yerda toza suv muammosi hal bo‘ladi.

Bundan oldin Liverpul hujumchisi o‘z qishlog‘i uchun tibbiy jihozlar taqdim etgan va bu yerdagi muhtoj odamlarga yordam berish uchun xayriya fondini tashkil qilgandi.

Saloh o‘zi tahsil olgan eski maktabiga futbol maydoni va sport zali qurishga ham ko‘maklashdi. Endi bu maktabdagi bolalar sport bilan shug‘ullanishlari va sog‘lom turmush tarziga amal qilib yashashlariga sharoit yaratildi.

Saloh nafaqat o‘zining tug‘ilib o‘sgan joyiga, balki Misrning boshqa hududlariga ham moliyaviy yordam beradi. U 2016 yilda «Tahya Masr Fund» fondiga 5 million Misr fundi, 2019 yilda esa Milliy silga qarshi kurash institutiga 50 million Misr fundi miqdoridagi mablag‘ni xayriya qilgan.

Saloh qo‘li ochiq inson bo‘lgani uchun uni “baxt yaratuvchi” deb ham atashadi. Salohning futbol maydonidagi harakatlari boshqalarni qanchalik ruhlantirsa, uning maydon tashqarisidagi ishlari ham shunchalik muhim ahamiyatga egadir.

Kiritildi: 11:45 02.07.2020. O'qildi: 2441 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!